Zalda haqiqiy jonli muloqot muhiti hukm surdi: xalqaro kompaniyalar, davlat idoralari, deputatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari bir maydonda jam boʻlib, bir-birini shunchaki eshitib emas, chinakam tinglab suhbatlashdi.
Meni eng koʻp ta’sirlantirgani — suhbatning ochiqligi va samimiyligi boʻldi. Hatto eng keskin fikrlar ham tanqid sifatida emas, balki mamlakat kelajagiga boʻlgan befarq boʻlmagan munosabat sifatida yangradi. Mas’ul idoralar esa tingladi, mulohaza qildi va oʻsha zahoti javob berdi.
Bugun Oʻzbekistonda juda muhim jarayon ketmoqda — mamlakat nafaqat hujjatlarda, balki amalda, muloqot madaniyatida va ochiqlikda ham oʻzgarib bormoqda.
Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi kotibiyatida ishlash esa ana shunday jarayonlarga yaqindan guvoh boʻlish imkonini beradi. Va kechagidek kunlar bu ishning qadrini yana bir bor his qildiradi.
#Oʻzbekiston #InvestitsiyaKodeksi #DavlatVaBiznesDialogi #IqtisodiyIslohotlar #XorijiyInvestitsiyalar #OliyMajlis
Instagram | Facebook | Youtube | TikTok | Linkedin | VK | X | Threads




