Nimaga kechga suramiz yoki umuman bajarmaymiz? Ko'pchiligimizda… — Aziz Jo‘rayev | Jo’rayevjon — TG.ME

🎯Nimaga kechga suramiz yoki umuman bajarmaymiz?

Ko'pchiligimizda ulgurilmagan, kechikkan yoki unutib qoldirilgan vazifalarimiz anchagina. Buning sababi haqida roppa rossa 3yil avval post yozgandim, shuni qayta eslasak:

(
Hozir ayniqsa aktual, ayniqsa o’zim uchun)

Biz ko'pincha "vaqtim yo'q", "hali falon ishni boshlay olmayman", "falon ishni unutib qo'yibman" kabi iboralar bilan ish, o’qish umuman hayotimizdagi ko’p vazifalarni bajarishni doim orqaga suramiz.

Bir narsani tushunishimiz kerak, siz haqiqatda muhim deb bilgan ishlaringizni aslo ortga surmaysiz! Miyamizda muhimlilik darajasi rejalagan harakatlarimizni amalda bajarish ehtimoliga to’g’ri proporsional.

Misol uchun prezident yoki juda obro'li kishi bilan istiqbolli kelajagingiz masalasida ko'rishish uchun uchrashuv belgilasangiz, siz 99% ehtimol bilan bu uchrashuvga hech ham uxlab qolmaysiz yoki-da uchrashuvga hattoki vaqtidan oldin borib kutib turasiz.

Nega?
- Chunki birgina sabab - bu uchrashuv siz uchun muhimligini haqiqatda his qilasiz va harakatlaringiz ham shunga mos bo'ladi.

Yaqinda shunaqa bir viqea bo’ldi, safardan qaytayotgan ota-onamlarni kechgi soat 2 larda uyga olib kelishim kerak edi. Ertalab qirsakkizta budilnikka zo’rg’a turadigan kishimab, soat 1lar atrofida avtomatik uyg’ondim ishonasizmi?! Budilnik ham kerak bo’lmadi. Bunaqa holatlar sizdayam bo’lgan ehtimol.

Vaqtim yoq, hali boshlolmayman, yoshlik qilaman, pulim yo’q, yaxshi kiyimim yo’q, ishxonada sharoit yo’q, ishxonada qo’yishmaydi kabi har xil vaziyatlardagi pozitsiyalarimizam faqatgina bahona xolos, chunki biz uchun muhim ishga har doim ham vaqt va kuch topa olamiz.

Istalgan yosh bolani eslang, biror ish uchun orzusidagi o'yinchoq yoki shirinlik vada qilsangiz, u siz tayinlagan ishga bor diqqati va kuchini sarflaydi. Uning buni qanchalik bajara olishi ikkinchi masala, muhimi u buning uchun bor kuchi bilan harakat qilishida. Chunki bola uchun bular muhim!

Biz uchun nimalar muhim?!

Bir har qanday muhim vazifaga diqqat qilib, uni shuurimizda haqiqatdan muhim deb hisoblay olmas ekanmiz, shunaqa bahonalar qilib umrimizni o'tkazib yuraveramiz.

Ko’pchiligimiz muhim ishlarimizni anchadan beri ortga surib kelayapmiz yoki turli sabablar bilan ulgurolmayapmiz!

Birinchi "biz uchun nima muhim" - shuni aniqlab olaylik.

Dunyo va oxiratimizga manfaat keltirmaydigan ishlarga shundoq ham ortiqchasi bilan vaqt sarflab yuboramiz, sarflab yuboryapmiz haligachayam.

Miyani aldasa bo’ladi, unga nimalar muhumligini joylash mumkin. Harakatlarimiz shu tushunchalarimiz natijasiga ko’ra bo’ladi

Xulosa sizga qolsin.

👉 @Jorayevjon
January 16, 2026 413 1 4