🏹Biz osongina deb o’ylagan, natijasi zo’r ishlar ortida aslida juda ko’p mehnat yotishi mumkin .
O’z sohasining ustasi bo’lgan shifokorga borganda ayrimlar “bir ikkita oddiy maslahat berganiga shuuncha to’laymanmi, undan ko’ra internetdan qidirsam ham bo’lardi deyishadi.
Ayrimlar bor, makkapoyani o’rtasida ko’rib qolib, sen vrachsan, falon kasalligimni davolashga dori yozib ber, falon dorilarni oldim foyda bermadi deydi. “Dorilarni kimni tavsiyasi bilan oldingiz” desang, “— aptekachidan so’radim shuni berdi” deyishadi. Sizga hozir biror nima tavsiya berolmayman, avval tekshiruvlar o’tkazish kerak, analiz topshirish kerak desangiz “- bir ikkita dori yozib berish qiyinmi, o’zini taroziga soladi” deb xafa bo’lib qolishadi.
Bu kulgili emas, ancha jiddiy holat tushungan kishi uchun.
Dori yozib berish, tavsiya qilish oddiy ish bo’lishi mumkin, ammo uni asoslash uchun qandaydir analizlar, tekshiruvlar, anamnez, kasallik tarixi haqida ma’lumot, boshqa kasalliklarni inkor qilish uchun kerakli bilim va tajriba oddiy ish emas.
Xuddi shuningdek har bir sohada ham o’z professionali bilan gaplashganda yoki undan yordam so’raganda, “o’zi oddiygina ishiga shuncha to’laymanmi, shuncha pul oladimi” deb jig’ibiyron bo’lishimiz noto’g’ri, uning bu darajaga yetib kelishi uchun qancha mehnat qilganini bilmaymiz.
👉 @Jorayevjon