
Hurmatli Jizzax viloyati aholisi!
11-sentabr kuni Jizzax shahri hamda barcha tuman aholisi uchun Jizzax shahridagi "Yoshlar markazi" binosida
Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig'i Nodir Sidikov hamda tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul tashkil etiladi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning kadastr sohasi, ko‘chmas mulk, yer munosabatlari va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari tinglanadi hamda ularni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.
Murojaatingiz e’tiborsiz qolmaydi!
Manzil: Jizzax shahri, “YOSHLAR MARKAZI” binosi.
Boshlanish vaqti soat 11:00 da.
Murojaat uchun: +998933003691
September 8, 2026 32.5K 73