2026-yil 30-avgust kuni soat 07:45 larda Zafarobod tumani Nurafshon MFY hududidan o‘tuvchi 25V-037 avtomobil yo‘lining 7-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Zafarobod tumani Pistalikent SHFYda yashovchi, haydovchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi B. M. “MAZ” rusumli, 10 E 136 SA davlat raqam belgili yuk avtomashinasini Zafarobod yo‘nalishida boshqarib borayotib, chap tomonga burilish vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Zafarobod tumani hokimi boshqaruvidagi “KIA SELTOS” rusumli, 25 021 DAV davlat raqam belgili xizmat avtomashinasining harakat yo‘liga chiqib ketgan.
Natijada to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida tuman hokimi hamda avtomashinada yo‘lovchi sifatida bo‘lgan uning voyaga yetmagan o‘g‘li turli darajadagi tan jarohatlari bilan RSHTYOIM Jizzax filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. B. M. esa tan jarohati olmagan.
Mazkur holat yuzasidan Zafarobod tuman prokuraturasi tomonidan 2026-yil 30-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEkhpZlw68QCcnql2Q
