Jalaquduq tuman hokimligi Matbuot xizmati: post #53945 — TG.ME

🇺🇿 JALAQUDUQ TUMANI TOSHXOVUZ MFY BINOSI YANGIDAN QURILIB, FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI—
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Toshxovuz mahalla fuqarolar yig‘ini uchun zamonaviy va barcha qulayliklarga ega yangi bino qurilib, foydalanishga topshirildi.
Yangi mahalla binosi zamonaviy talablar asosida bunyod etilib, fuqarolarga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish, mahalla hududida amalga oshirilayotgan ishlarni samarali tashkil etish uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.
Binoda “Mahalla yettiligi” vakillari uchun alohida ish xonalari tashkil etilib, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur mebel, jihozlar va texnik vositalar bilan ta’minlandi. Bu esa mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, oilalarning ijtimoiy holatini o‘rganish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish ishlarini yanada qulay va samarali tashkil etish imkonini beradi.

@jalaquduqpress
👍1
August 30, 2026 493 5