📌 2025-yilda ish beruvchilar faolligi 17% ga oshdi. Ammo haqiqiy muammo boshqa joyda. 2025-yil davomida hh.uz platformasida 127 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rni e’lon qilindi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 17,3% ko‘p. Demak, bozor faollashmoqda. Demak, ishchilar oson topilmoqda. Lekin… ❗️ Muammo: Ishchi ko‘p, ammo sifatli kadr topish baribir qiyin Yil davomida 957 mingdan ortiq rezyume joylashtirilgan bo‘lsa ham, kompaniyalarning asosiy shikoyati o‘sha-o‘sha: — “Ishchi bor, lekin mas’uliyat yo‘q.” — “Tizimga moslashmaydi.” — “2 oy ishlaydi, keyin ketib qoladi.” — “Ko‘nikma bor, lekin intizom yo‘q.” Ya’ni kadrlar ko‘p, lekin kompaniya talabiga mos keladigan tizimli xodim — kam. ❌ Ko'p uchraydigan xato Ko‘pchilik korxonalar xodim tanlashda faqat rezyumega qaraydi. Rezyume chiroyli — odam ishga olinadi. Lekin keyin muammo boshlanadi: — Vaqtida kelmaydi — Qoidaga amal qilmaydi — Jarayonlarni buzadi — 2 haftadan so‘ng motivatsiyasi yo‘qoladi Nega? Chunki xodim tanlash jarayoni tizimsiz. ✅ KODEKSDAN YECHIM: 7-bob — Sинов muddati va hodim ishga olish standartlari KODEKS shuni aniq belgilaydi: “Xodim rezyume bilan emas, tizimli sinov muddati orqali tanlanadi.” Bu nimani anglatadi? ✔️ Har bir nomzod uchun aniq test vazifalari beriladi ✔️ Sifat va intizom ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash mezoni mavjud ✔️ Hodimning kompaniya qadriyatlariga mosligi tekshiriladi ✔️ Sinov muddati davomida xato qilsa — adolatli tartib qo‘llanadi ✔️ Qaysi bo‘limga olinayotgan bo‘lsa, o‘sha bo‘limning aniq mezonlari ishlaydi Shu jarayonlar natijasida kompaniya “Ishchi qidirmay”, kerakli xodimni tanlab oladi. 📈 Natija / Foyda Tizimli xodim tanlashni joriy qilgan kompaniyalarda: ✔️ Kadrlar aylanmasi 40–60% gacha kamayadi ✔️ Rahbarning vaqtini yutadigan “xodim muammolari” keskin kamayadi ✔️ Jamoa intizomi kuchayadi ✔️ Noto‘g‘ri nomzodlarni boshidanoq ajratib olish osonlashadi ✔️ Maosh ko‘tarilmasa ham, jamoada barqarorlik ortadi Bozor faollashayotgan bir paytda, ustunlik tizimga ega korxonalarda bo‘ladi. ❓ Yakuniy savol Sizning korxonangiz xodimlarni rezyume asosida oladimi yoki KODEKSdagi sinov standartlari asosida tanlaydimi? Insan books
2025-yilda ish beruvchilar faolligi 17% ga oshdi. Ammo haqiqiy muammo… — INSAN BOOKS | SAMARALI BIZNES QOʻLLANMALAR — TG.ME
January 20, 2026 230