"Osmon irodasi"
Qadimgi Xitoyda, yildan yilga Shang qirolligini qudrati ortib borardi. Shu qudrat bilan birga zulm va vaxshiylik ham. Har bir bayramda Qirollik 50 dan 300 gacha past tabaqalilar, urushda asrga olinganlar yoke qullarni tiriklik ko'mardi yoke boshini olardi "Xudolar" ga qurbonlik maqsadida. Qirollik qat'iy tabaqalarga bo'lingandi va pastgi tabaqadagi oddiy xalq majburiy mehnatda ishlatilardi. Agar xizmatchilarni boshliqlari olamdan o'tsa xizmatchilar ham boshliqlari bilan birga tiriklay ko'milardi keyingi hayotda ham ularga xizmat qilish uchun.
Shu va shunga o'xshash adolatsizliklar ko'payib ketganligi tufayli Zhou qabilasi boshqa bir nechta qabilalar yordamida Shang qirolligiga qarshi urushga kirishadi. Bu osmonning irodasi, Tangrining amri deb odamlarni ozod qilish uchun, xalqqa yordam berish uchun, hammaga erkinlik, adolat, va tenglikni ta'minlash uchun Zhou qabilasi Shang qirolligini ag'darib o'zlari yangi qirollikka asos soladi. Lekin eng qizig'i, yangi Zhou qirolligi qudratni o'z kuchiga olishi bilanoq eski qirollikdan ham ko'ra ko'proq odamlarni azoblaydi va qurbon qiladi. Misol uchun bitta Changping jangida taslim bo'lib, qirollarini tashlagan 400 mingtadan ziyod odamlar o'ldirib yuboriladi. Xullas bu qirollik davrida ham majburiy mehnat, odamlarni qulga aylantirish, tabaqalanish, adolatsizlik faqatgina kuchayadi.
Har safar xalqdan yordam olish uchun qabilalar va'dalarni berishgan, qudratga ega bo'lishi bilanoq xalqni dardini unutishgan. Bizda ham bu holat bo'lishi mumkin. Lekin hozirgi qulay, oson zamonda doim ham "kattalar" ni ayblamasdan, odam javobgarlikni o'z bo'yniga olishi kerak. Ko'pincha davlatimizni yomonlaymiz-u yaxshi tomonlarini unutib qo'yamiz, shundog'am mukammal davlat yo'qligini unutib qo'yamiz. Siz O'zbekistonda eng kambag'al bir qishloqni eng kambag'al oilasida tug'ilib, oyoq yalang maktabga borib ham ertaga hatto President bo'la olasiz agar harakatdan to'xtamasangiz. Menga faqat shu kerak. Men davlatdan muammomni hal qilib berishini kutmayman, oilamni boqib berishini, yo'limizni tekislab berishini kutmayman, adolat kutaman xolos, imkoniyat kutaman xolos. Harakatni qilsam natijaga erishish imkonini bersangiz bo'ldi. Mehnatni qilsam rohatini ko'rish imkonini bersangiz bo'ldi. Daraxtni eksam, soyasidan rohatlanish, mevasini yeyish imkonini bersangiz bo'ldi Xudoga shukr qilib harakat qilaveramiz.
@WRITING_T
Forwarded fromIELTS 9.0 √Suhrobjon Abdivaliev
4March 8, 2026 441 1