Group Help klonlari Klonlar — bu Group Help’ning aynan bir xil… — How To Clone — TG.ME

🇺🇿 Group Help klonlari

Klonlar — bu Group Help’ning aynan bir xil nusxalari, ammo ular maxsus nom va profil rasmiga ega. Ular tezroq va barqarorroq!

Ular Group Help’ning xuddi shu funksiyalari, yangilanishlari va ma’lumotlar bazasiga ega. Agar guruhda klonni almashtirsangiz, sozlamalarni qaytadan o‘rnatishingizga hojat bo‘lmaydi!

Klon yaratish uchun shunchaki BU YERNI BOSING va ko‘rsatmalarga amal qiling.

Agar oldingi usul sizda ishlamasa, quyidagi tartibni bajaring:
@BotFather’ga o‘ting
• Uni ishga tushiring va /newbot deb yozing
• Kloningiz uchun nom tanlang
• Kloningiz uchun username tanlang • API kaliti bor BotFather xabarini @GHelpBot’ga forward qiling
• Tayyor!

📸 Agar botning profil rasmini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, @BotFather’ga /setuserpic yuboring, botni tanlang va keyin rasmni yuboring.

OGOHLANTIRISH: Guruhga klon qo‘shganingizda, uni administrator qilib qo‘yishni unutmang!
November 7, 2022 140.2K 147