Ushbu ulug‘ va qutlug‘ bayram barchamizga tinchlik-xotirjamlik, oilalarimizga fayzu baraka, qalblarimizga cheksiz quvonch olib kelsin.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin! Jannatmakon ona diyorimizning tinchligi va osoyishtaligiga ko‘z tegmasin. Mustaqil O‘zbekistonimizning ravnaqi, taraqqiyoti va kelajagi yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar bardavom bo‘lsin.
Vatanimiz bayrog‘i hamisha baland, xalqimizning birdamligi va hamjihatligi mustahkam bo‘lsin!
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar! 🇺🇿
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring











