Ajoyib Faktlar 💡: post #11152 — TG.ME

Zoofarmakognoziya - hayvon o'zini o'zi davolashi.
Top misollar:
1. It va mushuk - o't yeydi
Qorni og'riganda, ichi buzilganda ataylab ko'k o't yeydi, keyin qusib tashlaydi.
2. Maymunlar - achchiq barg
Shimpanzelar ichi qurtlaganda juda achchiq, bemaza bargni ataylab chaynab yutadi. Odam yemaydi o'sha bargni, lekin u qurtlarni o'ldiradi.
3. Ayiqlar - chumoli uyasi
Ayiq kasal bo'lsa chumoli uyasiga dumalab yotib oladi. Chumoli kislotasi terisidagi parazitlarni o'ldiradi. Xuddi aptekadagi spirt sepkandek.
4. To'tiqushlar - loy yeydi
Zaharli meva yeb qo'ysa, keyin loy yeydi. Loy zaharni ichida ushlab qoladi, organizmga o'tkazmaydi.
5. Fillar - homilador fil
Homon fil tug'ishdan oldin maxsus daraxtning bargini qidirib topib yeydi. O'sha barg bachadonni qisqartiradi, tug'ishni osonlashtiradi. Shu daraxtdan keyin odamlar ham tug'ish uchun dori yasashgan.
6. Bo'rilar, kiyiklar
Yaralanganda qon to'xtatadigan o'tni topib yalaydi, yarasiga bosadi.

© @Faktyor
🤯4🔥2❤1
August 21, 2026 103 1