Agar oktyabr oyiga qadar Oʼzbekistonga otpuskaga borib kelish… — Euro info Uz — TG.ME

Agar oktyabr oyiga qadar Oʼzbekistonga otpuskaga borib kelish rejangiz boʼlsa sizga kichik bir tavsiya bermoqchiman. Hammaga maʼlum oktyabr oyida Green Card oʼyini boshlanadi va bu galgi oʼyinda shu vaqtga qadar oʼtkazilganlaridan anchagina yutish foizi koʼproq boʼlishi kutilmoqda bunga sabab esa soʼnggi vaqtlardagi Green Card dasturiga AQSH davlat departamenti tomonidan kiritilgan bir qator yangilik va oʼzgartirishlardir, videoda batafsil tushunib olishingiz mumkin. Agar siz oktyabr oyiga qadar Oʼzbekistonga borib kelsangiz va rasimlarni tayyolamagan boʼlsangiz, keyin oktyabrda oʼyin boshlangach fotosurat boʼyicha muammolar yuzaga kelishi mumkin, balki oilangiz fotostudiyaga borib rasimga tushushi mumkin ammo siz buni yevropada ish jarayonida qilishingiz ancha qiyin boʼladi, rasimdagi professional yorugʼlik, orqa fon va kadrni oʼzingiz qilishingiz juda mushkul. Shu sababdan uyda vaqtingiz oilangiz bilan fotostudiyaga borib professional fotokamerada rasimga tushib uni telefoningizga oʼtkazib olsangiz oktyabr oyida rasim borasida qiynchiliklarga duch kelmaysiz. (Rasimga tushish uzoqligi esa qorin qismidan yuqorisi boʼlishi va tayyor rasimlarni kesilmagan holatda saqlab qoʼyishingiz zarur, orqa fon esa oq boʼlishi kerak, koʼkimtir yoki qaymoqrang boʼlmaydi) Yana bir qoʼshimcha tavsiya, imkon qadar turmush oʻrtogʻingizga ham xorijga chiqish pasportini olib bering, bu orqali siz oʼzingizni nomingizdan bitta, turmush oʻrtogʻingizni nomidan bitta ariza topshirishingiz mumkin bu esa yutish imkoniyatini 2 barobarga oshiradi. Bu post qachonlardir Amerika orzusida boʼlgan yoki qiziqqanlar uchun maʼlumot oʼrnida tayyorlandi.

YouTubeGreen Card lotereyasi bo‘yicha muhim yangi shartlar va o‘zgarishlarni e’lon qilindiEnjoy the videos and music you love, upload original content, and share it all with friends, family, and the world on YouTube.
👍4👏1
May 23, 2026 1.4K