2025 yil 1-sentabrdan Latviyaga kirish bo‘yicha yangi tartib. Nima o‘zgaradi? Latviyaga kirishdan kamida 48 soat oldin ko‘pchilik «uchinchi davlat» fuqarolari (ya’ni EI/EEA a’zosi bo‘lmagan va quyidagi istisnolarga kirmaydiganlar) onlayn elektron deklaratsiya to‘ldiradi: eta.gov.lv. Bu viza yoki ruxsatnoma emas — alohida «tasdiq» kutish shart emas; shakl yuborilgani haqida elektron pochtaga avtomatik xabar keladi (odatda 48 soat ichida). Sayt qachon ishlaydi? Portal 2025-yil 29-avgust kuni kechki 23:00 dan ishlay boshlagan. Kimlar to‘ldirishi shart? Latviya vizasi yoki yashash ruxsatnomasi yo‘q bo‘lgan uchinchi davlat fuqarolari. Boshqa Shengen davlati bergan viza/ruxsatnoma egalarining ham to‘ldirishi kerak (Latviyaniki bo‘lmasa). Qoidalar Latviyaga har qanday yo‘l bilan kirishga taalluqli: havo, yer, dengiz, hatto Shengen ichidagi parvozlarda ham. Kimlar ozod etilgan? EI, EEA, Shveytsariya, NATO, OECD a’zolari yoki Braziliya fuqarolari. Latviya bergan viza yoki yashash ruxsatnomasi egalari. Diplomatlar va rasmiy delegatsiya ishtirokchilari (shu jumladan tranzit). Qonunda ko‘rsatilgan fuqaroligi yo‘q shaxslar. Qachon va qayerda to‘ldiraman? Kamida 48 soat oldin: eta.gov.lv saytida. Ma’lumotni faqat sayohatchining o‘zi to‘ldiradi. Reja o‘zgarsa, yangilangan ma’lumotni kirishdan kamida 48 soat oldin qayta yuborish kerak. Qanday ma’lumot so‘raladi? Safar maqsadi, turish muddati va manzili, yo‘nalish (kirish/chiqish punkti va transport turi), aloqa ma’lumotlari. Biografik blok: saylovlarda qatnashganmi, nomzod bo‘lganmi, mansabdor shaxsmi, harbiy/maksus xizmat, chegara qo‘riqchisi, bojxona, ichki ishlar, adliya yoki tashqi ishlar (diplomatiya) xizmatida ishlaganmi va h.k. Jarima va javobgarlik Ma’lumot taqdim etmaslik yoki noto‘g‘ri/to‘liq bo‘lmagan ma’lumot berish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi; rasmiy sharhlarda 2000 yevrogacha jarima ko‘rsatilgan. Taqdim etilgan ma’lumotlar milliy xavfsizlik organlari tomonidan xavf-xatarlarni oldindan aniqlash uchun ishlatiladi; xavf bo‘lsa, kirish rad qilinishi mumkin. Amaliy qadamlar (chek-list) 1. Pasport va safar rejangizni tayyorlab qo‘ying. 2. eta.gov.lv ga kirib anketa to‘ldiring (kamida 48 soat oldin). 3. Pochtangizga kelgan tasdiq xatini saqlang (chop etib olish ham mumkin). 4. Rejangiz o‘zgarsa — ma’lumotni yana kiriting. Misollar: Ukraina fuqarosi (Latviya vizasisiz/YaR-siz) Riga orqali tranzit — anketa shart. Germaniya (EI) fuqarosi — ozod. Hindiston fuqarosi Shengen vizasi (Polsha bergan) bilan — anketa shart. Latviya yashash ruxsatnomasi bor O‘zbekiston fuqarosi — ozod. Muhim izohlar: Bu tizim ETIAS emas; Latviya milliy xavfsizlikka oid elektron deklaratsiyasi. Rasmiy yagona sayt — eta.gov.lv. Norsamiy «ETA/E-visa» saytlarga shaxsiy ma’lumot bermang. @EuroInfoUz
3
3