Bir imom: "Qiyomatga yaqin Dajjol chiqib, ko'p odamlar unga ergashib… — Shunchaki... — TG.ME

Bir imom: "Qiyomatga yaqin Dajjol chiqib, ko'p odamlar unga ergashib ketarkan. Uni peshonasiga "kofir" deb yozilgan bo'larkan", deb ma'ruza qilayotsa, o'tirganlardan bir kashanda kishi: "Iye, qiziq bo'ldi-ku, peshonasiga "kofir" deb yozib qo'ysa ham odamlar ergashib ketaveradimi?!" deb ajablanibdi.

Shunda haligi imom: "Ustiga "o'ldiradi" deb yozib qo'ysa ham sigaret olib chekyapsiz-ku, shunga o'xshaydi-da", degan ekan.

t.me/kitoblarhaqida
⚡12👍8😁6🔥5👏4🫡2🥰1🕊1🐳1
April 23, 2025 1.3K 1