Ko'p o'rinlarda qulog'imizga chalinib qoladigan iboralardan misol keltirmoqchiman. "Vaqt juda tez o'tmoqda, hech narsaga ulgurmayapman", "hech kitob o'qiy olmayman, nega ekan-a?" kabi gaplarni ehtimol siz ham aytgandirsiz. Shaxsan men o'z mehnatim samarasizligidan ko'p noliyman. Aslida bunga sabab bo'luvchi omillar ko'p bo'lsada Ustozation tomonidan tayyorlangan RAQAMLI EPIDEMIYA nomli video meni xuddi elektroshocker bilan urgandek uyg'otdi. Sizlarni ham voqelikdan xabardor qilish uchun, agar siz ham "asir" bo'lsangiz, birga qutilish uchun jahd qildim. Gap nimada ekanligini videoni to'liq ko'rgach anglaysiz. Bitta vazifa: videoni bir o'tirishda ko'rib tugatishga urinib ko'ring, agar uddalay olmasangiz necha marta uzilishlar bilan ko'rganingizni qayd etib qo'ying. Ertaga iftorlikdan keyin bu haqda chuqurroq gaplashamiz! Video: https://youtu.be/itkUJSYrg1U?si=uFFx07pW1UISBzaK
YouTubeRAQAMLI EPIDEMIYA | PROPAGANDA 3Assalaamu alaykum! Siz uchun, jamiyatimizda o'ta muhim bo'lgan mavzuni yoritishga harakat qildik. Bu muammo yengil qabul qilinmasligi va unga skeptik nazar bilan qaralmasligi uchun…Ko'p o'rinlarda qulog'imizga chalinib qoladigan iboralardan misol… — Shunchaki... — TG.ME
March 3, 2025 1K 1 13