O’zimning yo’limga undamayapman, (2)
Uqtirmayapman-ku falsafamni ko’p.
Meni tushunmaysan, indamayapman,
Seni tushunmasam xafa bo’lma, hop?!
Sening ishing menga xatodir, xato,
Kulgingga sababchi men tushungan g’am,
Yo’llarimiz tersdir shuqadar, hatto
Kesishib qolmaydi ro’yolarda ham.
Poyinga tillodan sochiq sochsalar,
Ishga tushmas hatto ko’z qirim mening.
O’nggimda uchragan sof mo’jizalar,
Hatto tushlaringga kirmaydi sening.
Butkul bo’lak olam, shunaqamiz biz,
Taassuf-ki, dilda o’zgacha niyat.
Sen mening baxtimni etolmaysan his,
Sening baxting menga sanalar uyat.
Xayrulla Xamidov
September 23, 2025 458 5