Telegram ilovasi yangilandi, asosiy o’zgarishlardan: — O’xshash… — Diyor Digital — TG.ME

⚡️Telegram ilovasi yangilandi, asosiy o’zgarishlardan: — O’xshash kanallar tavsiyalari. Yangi kanalga obuna bo’lganingizda, shu kanalga o'xshash kanallar ro’yxati chiqadi. Ustiga bosib ularga ham obuna bo’lish mumkin. — Ovozli xabarlarni matn ko’rinishida o’qish. Endi hatto premiumga ega bo’lmaganlar ham bu funksiyadan foydalanishlari mumkin, ammo chegaralangan - haftada 2 ovozli xabarni matnga ko’chirish mumkin — Kanallarning shaxsiy reaksiyalari. Kanal egalari reaksiyalarga o’zlarining shaxsiy reaksiyalarini qo’shishlari mumkin bo’ladi. Ularning soni kanalga berilgan ovozlar (boost) soniga qarab o’zgaradi. — Shaxsiy suhbatlardagi fon rasmi. Premium foydalanuvchilar o’zlari va suhbatdoshi uchun fon rasmini tanlashlari mumkin. Bundan tashqari, bir qator kichik o’zgarishlar mavjud — masalan, endi Stories'larni repost qilib, unga video xabarlarni qo’shishingiz va uning statistikasini ko’rishingiz mumkin. 📢 Batafsil oʻqish uchun havola

December 1, 2023 1.2K 2 3