The Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda sun’iy intellekt sohasining jadal rivojlanishi aktyorlar va onlayn-inflyuenserlarni shartnomasiz qoldirmoqda. Avvaliga prodyuserlar modelni o‘rgatish uchun biror aktyorni yollab, uning mimikasi, ovozi va imo-ishoralarini kamera qarshisida yozib olishmoqda. Raqamli nusxa tayyor bo‘lib, sozlangach, jonli aktyor kerak bo’lmay qoladi.
Tashqi ko‘rinish huquqini bir marta sotib olib, rolik yaratish studiya ijarasi, yoritish uskunalari va haqiqiy odamlarning gonoraridan 10 barobar arzonroqqa tushadi. Natijada, ishdan bo‘shatilgan aktyor uyda o‘tiradi, uning raqamli qiyofadoshi esa dam olish kunlarisiz 24/7 rejimida reklamalarda suratga tushadi va strimlar olib boradi.
📟 DigiTech







