HURMATLI SHIFOKORLAR VA TIBBIYOT XODIMLARI! DMED axborot tizimida… — DMED || Yangiliklari — TG.ME

HURMATLI SHIFOKORLAR VA TIBBIYOT XODIMLARI! DMED axborot tizimida imtiyozli yo‘llanmalarni rasmiylashtirishda bemorning imtiyoz toifasi, yo‘llanma asosi, tashxisi, nozologiyasi va tegishli MKB kodi to‘g‘ri tanlanishi muhim ahamiyatga ega. Imtiyozli yo‘llanmalarni rasmiylashtirishda PQ–5199-son va PQ–311-son qarorlari, shuningdek, 3465-son va 3632-son buyruqlar talablariga amal qilish lozim. PQ–5199 bo‘yicha PQ–5199 doirasida bemorning imtiyozli toifasi va/yoki tasdiqlangan kasalligi asosida tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Mazkur yo‘nalishga nogironligi bo‘lgan shaxslar, yetim bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalar hamda endokrin, sil, onkologik, gematologik kasalliklarga chalingan bemorlar, dasturiy gemodializ olayotgan bemorlar va boshqa belgilangan toifalar kiradi. Yo‘llanmani rasmiylashtirishda bemorning imtiyoz toifasi, tashxisi, nozologiyasi va MKB kodi o‘zaro mosligi tekshirilishi lozim. PQ–311 bo‘yicha PQ–311 doirasida bemorning yoshi, ijtimoiy, ta’lim, mehnat yoki boshqa belgilangan maqomi asosida tegishli toifaga mansubligi aniqlanadi. Mazkur toifalarga: voyaga yetmaganlar, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining soliq to’lovchilar, mehnat stajining hisoblab chiqarish uchun belgilangan miqdordagi soliq to’lagan shaxslar, ta’lim tashkilotlari o’quchi-talabalri, homilador ayol va ikki yoshga to’lmagan bolasini parvarishlayotganlar, davlat pensiyasini oluvchilar, mehnat organlarida ishsiz sifatida rasmiy ro’yhatdan o’tgan shaxslar. Buyruqlar bo‘yicha 🖱️3465-son buyruq — PQ–311 doirasidagi tegishli toifalar bo‘yicha yo‘llanma rasmiylashtirishda inobatga olinadi. 🖱️3632-son buyruq — imtiyozli toifalar, tasdiqlangan kasalliklar va tegishli nozologiyalar asosida yo‘llanma rasmiylashtirishda qo‘llaniladi. Muhim! PQ–5199 faqat kasalliklar, PQ–311 esa faqat ijtimoiy toifalar uchun qo‘llaniladi, degan tushuncha to‘g‘ri emas. Yo‘llanma rasmiylashtirilayotganda bemorning imtiyoz toifasi, normativ asos, tegishli buyruq, tashxis va nozologiyasi birgalikda baholanishi lozim. Yo‘llanmani yuborishdan oldin quyidagilarni tekshiring: — bemorning imtiyoz toifasi; — PQ–5199 yoki PQ–311 asosining to‘g‘ri tanlanganligi; — 3465-son yoki 3632-son buyruq talablariga muvofiqligi; — tashxis, nozologiya va MKB kodining to‘g‘riligi; — tibbiy yordam ko‘rsatish darajasi va yo‘naltirilayotgan tibbiyot muassasasining to‘g‘ri tanlanganligi. Imtiyozli yo‘llanmani to‘g‘ri rasmiylashtirish bemorning o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam olishini ta’minlaydi. ❌DMED || Yangiliklari

August 6, 2026 25.1K 140