Cyber Himoya MCHJ mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan ZIRH BOT… — CYBER HIMOYA | Rasmiy — TG.ME

🔓Cyber Himoya MCHJ mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan ZIRH BOT orqali Telegram guruhlari va foydalanuvchilari (botning shaxsiy yozishmalarida ham) yuborgan jami 485 000 dan ortiq havola va fayllar tekshirildi.

Tekshiruvlar natijasida, Telegram tarmog‘ida tarqalayotgan .apk va .exe fayllarning 78.8% qismi xavfli bo‘lib, ularning aksariyati phishing va firibgarlik dasturlari ekanligi aniqlandi.

Eng ko‘p tarqalgan firibgarlik ilovalari:
🔴Toydan fotolar(20.05.2026).apk
🔴To'ydan_shirin_xotiralar.apk
🔴Video_sharmanda_maktab.apk
🔴MIB_qarzdorlik_haqida.pdf.apk
🔴Shaxsiy_suratlar.apk

➡️ ZIRH BOT guruhlarda barcha xavfli havola va fayllarni avtomatik ravishda aniqlab, o‘chirib boradi.
Siz ham guruhingizni himoya qilish uchun @ZIRH_BOT ni guruhingizga admin qiling.

🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT
May 20, 2026 249.1K 122