𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯: post #5755 — TG.ME

🟦🟦🟦🟦 “Vatan tayanchi” otryadining aʼzosiga oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar beriladi Adliya vazirligi “Vatan tayanchi” otryadining aʼzosiga, “Vatanparvarlar” va “Shijoat va gʻayrat” musobaqalarining respublika bosqichi gʻoliblariga oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3931, 2026-yil 26-avgust). Hujjatga ko‘ra, tavsiyanoma quyidagi shaxslarga beriladi: ➖“Vatan tayanchi” harakatida faol ishtirok etgan hamda davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, Prezident maktablari, ijod maktablari, sport maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar, akademik litseylar va texnikumlarni aʼlo baholar bilan tamomlagan “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar aʼzosiga; ➖“Jasorat maktabi”ni aʼlo baholar bilan tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar aʼzosiga; ➖“Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarining respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan jamoa a’zolariga; ➖mahalla yoshlari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Shijoat va gʻayrat” musobaqalarining respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan jamoa a’zolariga. 📃Tavsiyanoma Mudofaa vazirligi huzuridagi “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati tomonidan beriladi. 🎓 Tavsiyanomaga ega boʻlgan shaxslarga oliy harbiy (harbiylashtirilgan) ta’lim muassasalari, shuningdek yuridik ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyoz sifatida test sinovlari yoki yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga koʻra toʻplagan ballarining 5 foizi miqdorida qoʻshimcha ball beriladi. 📆Tavsiyanoma 3 yil mobaynida amal qiladi. 𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯

1❤26⚡15👏14👍10🔥9🤝9
August 27, 2026 5.6K 70