Harbiy xizmatda boʼlish yoshining chegarasi qanday? 📘Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʼtash tartibi "Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʼtash tartibi toʼgʼrisida"gi nizomga ko'ra: Harbiy xizmatda boʼlish yoshining chegarasi: ➖kontrakt boʼyicha harbiy xizmatni oʼtayotgan oddiy askarlar, serjantlar va kichik ofitserlar uchun — 45 yosh; ➖katta ofitserlar uchun — 50 yosh, ➖polkovniklar uchun — 55 yosh; ➖generallar uchun — 60 yosh. ℹ️ Harbiy xizmatda boʼlish yoshi chegarasiga yetgan, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, shuningdek egallab turgan lavozimida yuksak kasbiy tayyorgarligi, katta amaliy ish tajribasi boʼlgan, sogʼligʼining holatiga koʼra harbiy xizmatni oʼtashga yaroqli harbiy xizmatchilarning xizmat muddati harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar va idoralar rahbarlari yoki shunday vakolatlar berilgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan harbiy xizmatda boʼlish yoshining chegarasidan 5 yilgacha boʼlgan muddatga uzaytirilishi mumkin. 𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯
18
17
16
14
11
10