Farzandingiz 🇨🇦Kanada yoki 🇺🇸AQSHda tug‘ildi.
🇺🇿O‘zbekiston pasportini ham olsa bo'ladimi? Qay tartibda?
Maqolani yaxshi niyatda saqlab qo'yavering: kelajakda asqotib qolar balki. 😉
Kanada yoki AQSH hududida tug‘ilgan bolalar ushbu mamlakat qonunchiligiga ko‘ra tug‘ilish bo‘yicha avtomatik ravishda mahalliy fuqarolikni oladi. Biroq, agar ota-onaning ikkalasi (yoki ulardan biri) O‘zbekiston fuqarosi bo‘lsa, bola O‘zbekiston fuqaroligini ham olish huquqiga ega.
Quyidagi ketma-ketlikka rioya qilish zarur bu borada:
1. Tug‘ilganlik haqida guvohnoma (Birth Certificate) apostil qilinadi. Kanadaning Ottava shahrida joylashgan Global Affairs Canada tashkiloti buni bepul amalga oshiradi. Metrikani pochtadan yuborish kerak xolos. Lekin Ontario, BC, Alberta, Saskatchewan va Quebec provinsiyalarida o'zining alohida apostil qiluvchi tashkiloti bor.
2. Vatanga qaytish guvohnomasini (Sertifikat) olish.
Bola O‘zbekistonga kirib kelishi uchun "Vatanga qaytish guvohnomasi" rasmiylashtirilishi kerak. Kanadada O‘zbekiston elchixonasi (hozircha) yo‘q, shuning uchun bu hujjatni Kanadada yashaydigan O‘zbekiston fuqarolariga AQSHning Vashingtondagi O‘zbekiston Elchixonasi beradi. Mana bu saytda ushbu hujjatni olishga talablar belgilangan:
👉 Vatanga qaytish guvohnomasi
Zaruriy hujjatlar:
Bolaning metrikasi apostil qilingani hujjati.
Ota-onaning amaldagi O‘zbekiston pasportlari nusxasi va nikoh guvohnomasi;
Bolaning 3.5x4.5 sm o‘lchamdagi fotosuratlari;
Belgilangan shakldagi ariza hamda konsullik yig‘imi to‘lovi.
Guvohnoma ma’lum bir muddatga (3 oygacha) O‘zbekistonga bir martalik kirish uchun beriladi.
3. O‘zbekistonda biometrik pasport rasmiylashtirish.
Bola Vatanga qaytish guvohnomasi bilan O‘zbekistonga olib kelingandan so‘ng, doimiy ro‘yxatda turgan hududdagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga (OVIIR) murojaat qilinadi.
U yerda quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi:
Bolaning AQSH/Kanada tug‘ilganlik guvohnomasi (apostil va o'zbek tiliga tarjimasi bilan) va konsullikdan berilgan sertifikat taqdim etiladi. Bola O‘zbekiston fuqarosi sifatida doimiy ro‘yxatga (propiska) qo‘yiladi. Fuqarolik tasdiqlangach, bolaga O‘zbekiston Respublikasining xorijga chiqish biometrik pasporti beriladi.
Shu tarzda, bola har ikkala davlat hujjatlariga ega bo‘lgan holda qonuniy ravishda O‘zbekiston fuqaroligini rasmiylashtirishi va O‘zbekiston pasportini olishi mumkin.
Diqqat bu muhim: Agarda bola O'zbekistonga xorijiy davlat pasporti bilan kirib kelsa unga fuqarolik berilmaydi. Boshqatdan, kelasi safar vatanga qaytish sertifikati bilan kirib kelishga majbur bo'ladi. Ovoragarchilik bo'lmasligi uchun o'sha sertifikatga ancha oldindan topshirib qo'yish tavsiya qilinadi, agar farzandingizga O'zbekiston pasportini ham olmoqchi bo'lsangiz. Ya'ni vatanga borishingizdan 2-3 oy avval harakatni boshlang.
Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
16
10September 2, 2026 1.3K 24