2-yarim yillik sertifikat imtihonlari bo‘yicha ovozli chat
2026-yil 4-sentyabr kuni soat 16:00 da Bilimni baholash agentligining Telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.
Ovozli chat davomida 2026-yilning 2-yarmidachet tili va umumta'lim fanlaridan o‘tkaziladigan sertifikat imtihonlariga oid savollarga batafsil javob beriladi.
Unda Bilim va malakalarni baholash agentligining mas’ullari ishtirok etadilar.
Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin. Savollarni mazmunan aniq, qisqa va tushunarli tarzda yuborishingizni so‘raymiz.