Ushbu dastur geologlar uchun yaratilayotgan dastur.
U orqali xaritalarda ishlash, kamera orqali namuna va boshqa ishlarni hal qilish imkoni mavjud.
Kamera orqali olingan suratlarni aniq joylashuvini korib turish imkoniyati mavjud.
Dasturda Fisher ishonchliligi mavjud u orqali Rose diagram chiqib keladi. Natijaga qarab togʻ jinslarining dominant yoʻnalishlarini bashorat qila oladi.
Xarita ustiga yangi stansiyalar yaratish va boshqa koʻplab amallarni bajarish imkoniyati mavjud
Ammo dastur hali toʻliq tayyor emas. Bu dastur poydevor hisoblanadi. In Shaa Allah dasturda AI tahlili ham qoʻshiladi. Hujjatlarni skanerlash, togʻ jinslarini bashoratlash imkoniyati qoʻshiladi. Kompyuter uchun ham dashboard yaratiladi.
Mablagʻ yoʻqligi sabab toʻxtab turipti.
Men sizlardan soʻragan va iltimos qiladigan yagona narsam ushbu dasturni ishlatib koʻrib qayerda kamchilik va muammoga duch kelganingizni oʻzimga yozing.
Muallif: @m1nimalism_co1
6
4
3June 18, 2026 1.3K 3 16