Maktabimiz jamoasi respublika ixtisoslashtirilgan maktab va… — Bahodir Mahmud — TG.ME

Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi🇺🇿RESPUBLIKADAGI 🔠🔠🔠 1️⃣0️⃣ IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI 🏠Yangi Namangan tuman ixtisosladhtirilgan maktabi - Respublika reytingida TOP-10 likda! Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2026-yil 23-iyuldagi 126-AF-son buyrug‘iga…
Maktabimiz jamoasi respublika ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari orasida 9-oʻrinni qoʻlga kiritibdi.

Fahr hissini tuydim. Sobiq kasbdoshlarim, oʻquvchilarimiz, ularning ota-onalari uchun juda-juda xursandmiz. Maktabda oʻquv va tarbiyaviy jarayonni tashkil etayotganda hamma tomonlama mana shunday yuksak choʻqqilarga chiqishni koʻzlagan edik va bu uddalandi.

Quvonarlisi, TOP-10da birinchi oʻrin bilan Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda uchunchi oʻrin bilan Toʻraqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktablarini koʻrishimiz mumkin.

Birgalikda ekkan ilk nihollarimiz garchi oʻzim boʻlmasam ham meva berishni boshlabdi. Mana shunday bogʻ yaratish loyihasini "Stanford School" bilan boshlayapmiz. Inshaalloh, tez orada uning mevalari bilan ham maqtanish nasib qilsin.
🔥20❤6
August 25, 2026 725 4 1