O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoniga ko‘ra, hududlarda, shu jumladan, olis joylardagi boshlang‘ich narxini bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi qo‘llangandan keyin ham 3 oydan ortiq muddatda sotilmagan va xaridorlar uchun jozibador bo‘lmagan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga bo‘lgan mulk va ijara huquqi:
▫️ ochiq elektron auksion savdolari orqali tegishli loyihani amalga oshirish sharti bilan yuridik shaxslarning ustav kapitaliga ulush sifatida kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Bunda auksion savdosida 1 nafar talabgordan ariza kelib tushgan taqdirda ham yer uchastkasi uning ustav kapitaliga e’lon qilingan narxda kiritiladi va shakllangan ulush keyinchalik ushbu yuridik shaxsning o‘ziga sotib olish uchun taklif etiladi.
Bunda yer uchastkalari bo‘yicha ijara shartnomalarini qayta tuzish talab etilmaydi.
Yer uchastkalarini hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi kelishuvidan o‘tkazgan va qurilishga bo‘lgan barcha ruxsatnoma hujjatlarini olgan holda "tayyor paket" usulida savdoga chiqarishni tashkil etishga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va ular muassisligidagi investitsiya kompaniyalari mas’ul hisoblanadi.
▫️"tayyor paket" ishlab chiqish uchun xizmat haqi xarajatlarini mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan qoplashga ruxsat etiladi;
▫️yer uchastkasi uning boshlang‘ich narxiga "tayyor paket"ni ishlab chiqish xarajatlari qo‘shilgan holda auksionga chiqariladi va keyinchalik xarajatlar yer uchastkasini sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi;
▫️yer uchastkalari ustuvor ravishda master rejasi ishlab chiqilib, tasdiqlangan hududlardan tanlanadi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
