Ishchi guruhi a’zolari Buyuk Britaniya Davlat xizmati kolleji strategik maslahatchisi Mayk Drayver bilan uchrashdi.
Uchrashuvda davlat xizmatchilarining kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi hamda quyidagi muhim kelishuvlarga erishildi:
▫️har yili kamida 50 nafar yuqori va o‘rta bo‘g‘in rahbar kadrlari uchun maxsus o‘quv dasturlari tashkil etiladi;
▫️xalqaro moliya, huquqshunoslik, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini boshqarish, strategik boshqaruv va hududlarni rivojlantirish yo‘nalishlarida o‘quv dasturlari yo‘lga qo‘yiladi;
▫️Kollej bilan hamkorlikda davlat xizmati uchun yosh iste’dodlarni aniqlash bo‘yicha pilot loyiha amalga oshiriladi.
Erishilgan kelishuvlarni amaliyotga joriy etish maqsadida Agentlik va Kollej o‘rtasida нamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu sheriklik davlat boshqaruviga ilgʻor xorijiy amaliyotlar, raqamli yechimlar va natijadorlikka (KPI) asoslangan yondashuvlarni integratsiya qilish imkonini beradi. Hamkorlik doirasida rahbarlarning yetakchilik salohiyati uzluksiz oshirib boriladi va davlat xizmatiga yangi avlod yosh mutaxassislarini jalb etishning samarali "karyera pillapoyasi“ (talent pool) tizimi yaratiladi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|in|Aloqa


