Bugun O‘zbekiston Mustaqilligi kuni! Hurmatli yurtdoshlar! Sizlarni… — Boshqaruv samaradorligi agentligi — TG.ME

🇺🇿 Bugun O‘zbekiston Mustaqilligi kuni!

Hurmatli yurtdoshlar!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi — xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va qutlug‘ sana munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

Mustaqillik yillarida yurtimiz o‘z taraqqiyot yo‘li, milliy qadriyatlari va ezgu maqsadlariga tayangan holda ulkan o‘zgarishlar davrini bosib o‘tdi. Bugun Yangi O‘zbekistonda inson qadri, qonun ustuvorligi, adolat va samarali boshqaruv tamoyillariga asoslangan keng ko‘lamli islohotlar izchil davom etmoqda.

Ayniqsa, mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, davlat boshqaruvini takomillashtirish, zamonaviy va professional davlat xizmatini shakllantirish, yoshlar uchun munosib imkoniyatlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar Yangi O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichini belgilab bermoqda.

Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va farovonlik tilaymiz.

Yangi O‘zbekistonning yorug‘ istiqboli, xalqimizning tinch va farovon hayoti yo‘lidagi ezgu maqsadlarimiz amalga oshsin!

#YagonaVatan #YagonaXalq

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
September 1, 2026 4.6K 59