Davlat organi va tadbirkor o‘rtasida “tadbirkorlik subyektining… — Boshqaruv samaradorligi agentligi — TG.ME

Davlat organi va tadbirkor o‘rtasida “tadbirkorlik subyektining haqlilik prezumpsiyasi” amal qiladi

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–175-son, 27.08.2026-y.) qabul qilindi.

👍 Farmonga ko‘ra, davlat organi va tadbirkor o‘rtasida yuzaga keladigan ommaviy huquqiy munosabatlarda “tadbirkorlik subyektining haqlilik prezumpsiyasi” amal qiladi. Unga ko‘ra:

▫️ davlat organi tomonidan aksi isbotlanmaguncha tadbirkorlik subyekti qonunchilikka muvofiq harakat qilgan va o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajargan hisoblanadi;

▫️ sudda yoki nizoni hal qiladigan boshqa ma’muriy organda davlat organi tomonidan tadbirkorga nisbatan qo‘llanadigan huquqiy ta’sir chorasining yoki qabul qilingan qarorning asosli, qonuniy va mutanosib ekanligini, shuningdek, huquqbuzarlik sodir etilgani faktini isbotlash majburiyati to‘liq davlat organi zimmasiga yuklatiladi;

▫️ qonunchilikda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar, noaniqliklar va tushunmovchiliklar, shuningdek, nizo doirasida davlat organi tomonidan taqdim etilgan dalillarning yetarli emasligi sababli yuzaga keladigan har qanday shubhalar so‘zsiz va to‘g‘ridan to‘g‘ri tadbirkorning foydasiga talqin qilinadi.

❗️Ma’muriy sud hal qiluv qarorlarida davlat organi zimmasiga o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqish majburiyati yuklanganda, sud o‘zining huquqiy pozitsiyasini bayon etadi va ushbu pozitsiya qarorni qayta ko‘rib chiqishda davlat organi tomonidan inobatga olinishi majburiy hisoblanadi.

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
August 29, 2026 7.2K 8