Toshkentda yirik noqonuniy “Call-markaz”lar fosh etildi “Xavfsiz va… — BMA-IER Rasmiy — TG.ME

Toshkentda yirik noqonuniy “Call-markaz”lar fosh etildi “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor profilaktik tadbirlari doirasida IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda DXX tomonidan Toshkentdagi ikkita yirik noqonuniy “Call-markaz” faoliyatiga chek qo‘yildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jinoiy guruh xorij fuqarolarini soxta investitsiya va kriptovalyuta loyihalari orqali aldab, ularning mablag‘larini o‘zlashtirib kelgan. Call-markazlarda jami 131 nafar shaxs, jumladan 8 nafar chet el fuqarosi faoliyat yuritgani aniqlangan. Tezkor tadbir davomida 136 ta kompyuter, 320 ta telefon, 128 ta qattiq disk va boshqa ko‘plab texnik vositalar ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tashkilotchilar va asosiy gumondorlardan 8 nafari qamoqqa olingan, yana 10 nafar shaxs ma’muriy qamoqqa olingan. Qolganlarga nisbatan tergov harakatlari davom etmoqda. Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, ushbu jinoiy tarmoqning Rossiya, Gruziya, Ukraina va Ozarbayjonda ham call-markazlari mavjud bo‘lgani aniqlangan. Kanalga ulanish: ➖@uzauz

July 9, 2026 983 1