Dunyo o‘rganishlar zanjiri Agar bu o‘rganishlar insonni amalga… — Axiyim — TG.ME

Dunyo o‘rganishlar zanjiri Agar bu o‘rganishlar insonni amalga boshlamasa yig‘ilib-yig‘ilib kattalashaveradi Yo bilimni amalga aylantirasan yoki kattalashgan bilimga nafsing aralashib seni kibrli kimsaga aylantiradi Ko‘pchilik tushgan tuzoq shu edi O‘rganishlar va bilimlar amalga aylanmagani uchun tashqarida bilim kattaytirib yuborgan nafslar kezib yurardi Vaholanki daraxtda meva qancha ko‘p bo‘lsa shoxlari shunchalik pastga egiladi Bilim amalga aylansa ichi to‘la bug‘doy boshog‘iga o‘xshaydi Amal qilinmagan har qanday bilim chiqindidir qadrsizdir Na aqlga na qalbga ta’sir qiladi Dunyoda moddiy jihatdan arzon lekin ma’nan qimmat bo‘lgan yagona narsa ilmdir Unga talab kam buladi lekin ta’siri katta Bilim suvga otilgan tosh kabidir tushgan yerini kengaytiradi Masala kimga kam kimga ko‘p berilgani bilan emas o‘sha bilim bilan Nima qilganimiz va kimga aylanganimiz bilan bog‘liq Insonlarning xam yutugi xam yutkizigi aynan shu yerda Bilim seni qanday odamga aylantiryapti va sen u bilan Nima qilyapsan zero iblisning ilmi boshini sajdaga emas Abadiy Jahannamga yetakladi 📚Men zubayda kitobidan

July 13, 2026 87 1