Mana ularning tarjimasi
Yolg’iz qolish hayotning, ulg’ayishning bir qismi.
Doʻstlaringiz va oʻrtoqlaringiz umringizning oxirigacha siz bilan bo’la olmaydilar.
Bir kun kelib siz boshqalardan qidirayotgan xotirjamlik har doim oʻzingizning ichingizda boʻlganini tushunib yetasiz.
Siz hozir oʻzingiznikisiz. O’zingizdan boshqa hech kim sizning oldingizda butun umr boʻlmaydi. Odamlar sizga umr boʻyi enagalik qila olishmaydi.
Bazi insonlar bosh vaqtini siz bilan oʻtqazadi, bazilari esa vaqtini siz bilan oʻtkazish uchun ajratadi, bunga e’tiborli boʻling.
Sizni o’zingizga bo’lgan munosabatingiz hayotingizdagi boshqa munosablarga ham ta’sir qiladi. Agar siz o’zingiz bilan erkin o’tira olmasangiz, hech qanday do’stlik bu bo’shliqni to’ldirmaydi.
Yolg’izlik atrofda odamlarni topa olmasliging emas, u o’zingni topolmasligingdir.
Koʻpchilik yolgʻizlikdan qo’rqmaydi. Ular o’zlarini jimlikda ko’rishdan qo’rqishadi, chunki shu jimlik ular chalgʻituvchi omillar orqali qochishga harakat qilayotgan jimlikdir.
Insonlarning roziligi va sevgisi uchun boʻlayotgan poygada bo’lsang, yakunda oʻzligingni yoʻqotasan.









