#Diqqat_elon
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi startap” “President Tech Award” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 2023-yil 15-fevraldagi 66-son hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Sun’iy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap” (“President AI Award”) tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” 2026-yil 5-iyundagi 288-son qaroriga asosan yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalar sohasidagi eksportga yo‘naltirilgan va jahon bozorida raqobatbardosh startap loyihalarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida har yili “President Tech Award” va “President AI Award” tanlovlarini o‘tkazish belgilangan.
Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda innovatsiyalar va tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratish, shuningdek, yoshlar orasida startap madaniyatini rivojlantirish yuzasidan Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalar texnologik parki direksiyasi” MChJ tomonidan “President Tech Award” va “President AI Award” tanlovlari o‘tkazilmoqda.
Mazkur tanlovlarda qatnashish istagida bo‘lganlarning arizalari joriy yilning 15-avgustiga qadar rasmiy veb-sayt (awards.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
August 15, 2026 287 1