⚽️ Bugun futbol kuni. Biz uchun muhim 3 ta o'yin bor. 1-si soat 16:30 da 23-yoshlilar o'rtasidagi Osiyo Kubogi chorak finali doirasida terma jamoamiz Xitoyga qarshi baxs olib boradi. Nasib etsa chin yurtidan o'tib olsak, yarim finaldamiz degani. 2-si Manchester derbisi. Soat 17:30 da "Manchester City" "Manchester United" bilan APL 22-turi doirasida to'qnashadi. Bellashuvda hamyurtimiz Abduqodir Husanovning ham maydonga tushishi kutilmoqda. 3-si Turkiya Superligasining 18-turi. "Bashakshehir" liga autsayderi "Karagumruk"ga qarshi. Demak, vatandoshlarimiz Eldor Shomurodov hamda Abbosbek Fayzullayevdan ham bemalol gol va assist kutsak bo'ladi. Barcha futbolchilarimizga omad tilab qolamiz va kuzatamiz. Siz uchun-chi, qaysi o'yin eng muhimi va qiziq? Fikrlaringizni izohlarda yozing.
Bugun futbol kuni. Biz uchun muhim 3 ta o'yin bor. 1-si soat 16:30 da… — AFC ASIAN CUP 🏆 — TG.ME
January 17, 2026 428 1